Mash haqida

, Hurmatli, Ustoz. Ijozat bersangiz, sizdan bir narsani so‘ramoqchi edik. Tahoratli holida mahsi kiygan odamni tahorati sinib, tahorat olib, mahsisiga mash tortsa, keyin shu holatida mahsisini echsa yoki echib qaytadan kiysa, tahoratiga nuqson etmaydimi? Ilmsizlik qilgan bo‘lsam ma‘zur tutasiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday holatda oyoqning o‘zini yuvib olsa, tahoratga nuqson etmaydi. Yuvmasa tahorati sinadi.

4 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 143 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar