Boshqa davlatni fuqaroligini olish
Assalomu alaykum! Internet tarmoqlarida ko‘zim tushadi. Boshqa davlat fuqaroligini olganlarga salbiy fikrlar, vatan gadosi degan fikrlar bildirishadi. Vaholanki ular musulmonligicha qolishsa. Siyosiy jihatdan bunga salbiy munosabat ko‘p. Ammo diniy jihatdan qanday? Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hech kim boshqa davlatning fuqoroligini olishga qarshi emas. Siyosiy jihatdan ham qarshi emas, diniy jihatdan ham. Bu erda boshqa mamlakatga borib olib, o‘z mamlakatining kamchiligini masxara qilish, bu erda yashayotganlarni haqoratlar, fitnalar qo‘zishi qoralanadi. Chunki shu diyorda o‘sib-ulg‘ayib, ta’lim olib, keyin uni qoraotliq qilish bir jihatdan nonko‘rlikka o‘xshaydi. Uning o‘rniga tashqariga chiqib malaka oshirib, o‘sha kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qilganda edi insoniylikka mos bo‘lar edi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:16 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar