Kredit-modul tizimi

Assalomu alaykum! 1. Men Alloh izni bilan bu yil o‘qishga(insitutga) kirdm, bizning o‘qishimiz kredit-modul tizimida olib borilar ekan. Shu tizim joizmi? 2. Men sirtqi bo‘limda o‘qiman, darsimiz shu abedlada boshlanadi. Masalan, men darsda o‘tirganimda qaysidir namozim qazo bo‘b qolishini aniq bilsam, ustozga hojatxonaga borib kelsam bo‘ladimi deb, namozimni o‘qib kelsam bo‘ladimi? Gunohkor bo‘lib qolmayamanmi? Agar ustozdan so‘rasam ruxsat bermasligi mumkin. Va namoz qazo bo‘b qolishi mumkin. Shunga qanday masalahat berasiz? Ayni shu vaziyatda qanday yo‘l tutay? 3. Darsim abedda boshlanganda, juma namoziga ham chiqa olmasligim mumkin. Juma namoziga chiqishim uchun darsga kirmasligim kerak. Agar ustozdan soraydigan bo‘lsam, ruxsat bermasligi mumkin. Shu bizning tizimda talaba nechtadir dars qoldirsa, oxirida keyingi kursga o‘ta olmasligi mumkin ekan menmcha. Shunga Nima qilay? Masalahat beringlar. Rahmat. Menga sizlarning maslahatingiz juda zarur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kredit modul bu o‘qish tizimi, puldagi kreditga aloqasi yo‘q.2). Zarur ish uchun deb ruxsat so‘rang3). Juma namozi bolig‘, erkak musulmon uchun vojibdir. Uni uzrsiz tark qilish mumkin emas. Sharoitdan kelib chiqib masalani echishga harakat qilishingiz kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:03 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar