Etimni haqqi emasmi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Savolim quyidagicha. Bir tanishim qizini oshiga aytib ketdi va oradan hech qancha vaqt o‘tmay o‘zi olamdan o‘tdi. Uni voyaga etmagan bir qizi bor men o‘sha oshga borsam oshidan esam etimni haqqini egan hisoblanamanmi? Savolimda hatolik bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Merosxo‘rlar orasida meros bo‘linib, oshni o‘sha o‘lganni ayoli o‘zini puliga qilsa, borsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar