Qabr toshidagi marhumning rasmi haqida
Assalamu alykum! Yolg‘iz O‘ziga ibodat qilishga buyurgan Allohga hamd, bu yo‘lda namuna va yo‘lchi yulduz bo‘lgan Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot, musaffo Islom aqidasini targ‘ib qilgan ulamolar, xususan, uztoz Hazratlariga Allohdan rahmat va mag‘firat so‘ragan holda murojaat qilishga izn bergaysizlar. Meni qabr toshida marhumning rasmini tasvirlanishi ajablantiradi. Hozirda qabristonlardagi qabr toshiga marhumning rasmi tasvirlangan holatlarga ko‘zimiz tushadi. Bu narsa hatto qishloq qabristonlarida ham ko‘zga tashlanmoqda. Oldinlari marhumning rasmini faqat marhumning xonadonida ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilar edi, endi bu odat qabristonga ko‘chayapti. Bu bilmagan holda nasroniylarga va g‘arbga taqlid qilishmikin? Bu ketishda bilmagan holda aqidaga futur etishi mumkinmi? Bunga shariatning munosabati haqida ma’lumot bersangiz. Izlash bo‘limidan faqat qabr toshi haqida ma’lumot oldim. Oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Afsuski bu kabi g‘arbga taqlid qilish hamma narsada jumladan kiyinish, salomlashish, muomala, savdo-sotiq va hokazolarda bo‘lib ketdi. Hatto dafn va to‘y marosimlarimizda ham. Go‘yoki “taraqqiyot shu narsalarga taqlid qilishda” deb o‘ylanib qolindi. Bunday ko‘r-ko‘rona taqlid qilishdan saqlanib, quyidagi hadisdagi holatga tushib qolmaslik kerak. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ; Abu Dovud va Tabaroniy qilgan rivoyatda: «Kim bir qavmga taqlid qilsa, u o‘shalardandir», deyilgan. Sharh: O‘z qavmi, o‘z dini va urf-odati turib, boshqalarning turmush tarzini, kiyinish va hayotdagi boshqa narsalarini ustun qo‘yib, jon-jahdi bilan ularga o‘xshashga harakat qilish odamga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. O‘sha odam «har kimga niyatiga yarasha» qoidasiga binoan o‘zi taqlid qilgan qavmdan bo‘ladi. Kofirlarga o‘xshashni orzu qilib uringan bo‘lsa, kofirlardan bo‘ladi. Fojirlarga o‘xshashga harakat qilgan bo‘lsa, fojir bo‘ladi va hokazo... Islom ummati Alloh taolo yuborgan ta’limotlarning eng mukammaliga, har bir zamon va har bir makonga munosib ta’limotga ravo ko‘rilgan ummatdir. Alloh taolo bu ummatni boshqa barcha ummatlar ustidan shohid qilib qo‘ygandir. Alloh taolo bu ummatga har bir narsada o‘ziga xoslikni berib qo‘ygandir. Shuning uchun ham bu ummatga o‘zidan boshqalarga o‘xshashga harakat qilish, o‘ziga Alloh taolo osmondan tushirib bergan narsani qo‘yib, boshqa millatlar erdan chiqargan narsalarga havas qilish mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu rivoyatning «Libos kitobi»da kelishi ham bejiz emas. Ko‘rib turibmizki, bunda faqat kiyim haqida emas, balki umuman tashqi qiyofani qanday tutish kerakligi haqida ham so‘z ketmoqda. Soqol-mo‘ylabni qanday qo‘yishdan tortib harom tuklarni qirishgacha, ulama sochdan tortib, tirnoqni olishgacha so‘z yuritilmoqda. Demak, tashqi qiyofa madaniyatida ham har kim o‘zligini unutmasligi kerak. Erkak kishi erkakligini, ayol kishi ayolligini. Musulmon musulmonligini. Erkaklar ayollarni boshqalardan ajratib turadigan, ularning ayolligini bildiruvchi belgi, alomat bo‘lgan kiyimlarni kiymasligi, ayollarga xos bo‘lgan tashqi qiyofa madaniyatini o‘ziga ravo ko‘rmasligi kerak. Xuddi shuningdek, musulmonlar boshqa millatlarga xos bo‘lgan, ularni musulmonlardan ajratib turadigan narsalarda ularga taqlid qilmasliklari lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Holbuki g‘arbning taraqqiyoti Alloma Iqbol aytganlaridek: Kiyimni echib yuborish, musiqalarga berilish, ayollar ustidan pul topish tufayli emas. Balki ularning taraqqiyoti o‘zlari bilmagan holda dinimizning targ‘ibotlariga amal qilish tufaylidir. Masalan dinimiz ilm o‘rganishga targ‘ib qildi, ular bunga amal qilishdi. Savdo-sotiqda puxta va rostgo‘y bo‘lishga chaqirdi, ular amal qildi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam “Alloh taolo o‘zini ishini puxta qiluvchilarni sevadi” deganlar. Qaerga bormaylik falon evropalik o‘z ishini yaxshi biladi, mahsulotlari sifatli, falon korxona mahsulotidan urib qolmaydi – degan gaplar yuradi. Ularning taraqqiyoti dinimiz ko‘rsatmalariga o‘zlari bilmagan holda amal qilishayotganidadir. Bunga tarix ham guvoh. Vallohu a’lam.
29 Aprel 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar