Savollarim

Assalomu alaykum! 1). Namozda tashaxxudda shaxodat kalimasini aytayotganimda xayolimga kalimaning teskarisi keladi va men shunday aytaman Aytingchi bu shunchaki vasvasami men bunga parvo qilmayinmi? Alxamdulillax e’tiqodim to‘g‘ri. Faqat tashaxxudda o‘sha xayollar meni tinch qo‘ymaydi. Basmalani aytishimda xam shirkona xayollar keladi va men o‘sha xayollarga teskari kelaman ba’zida o‘sha xayollarni butunlay chiqarib tashlashga qiynalib ketaman. Ba’zida Allohni chin qalbdan xech qanday vasvasalarsiz shubxalarsiz roxatlanib zikr qilaman. Aytingchi bular vasvasami? E’tibor bermaymi?
2). Zikrlar savobini vafot etgan yaqinlari va xayot bo‘lgan ota-onasiga bag‘ishlasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). E’tibor bermang. Namoz bilan mashg‘ul bo‘lishga harakat qiling. 2). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 10:14 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar