Omonatdan zakot

Assalomu alaykum! Menga Alloh 3ta qiz farzand ato etgan Alhamdulillah. Ayolimning tilla taqinchoqlari ko‘p, ulardan zakot chiqaryotganda 3ta tilla zanjirini xisobga olmasdan qolganlaridan zakot chiqaradi. Sababini so‘rasam bu 3 ta tilla zanjirni 3 ta qizimga 1 tadan meros qilib berganman, katta bo‘lganlarida seplariga qo‘yaman ungacha menda omonat turadi, qaysi zanjir qaysi qizimniki ekanligini ham qizlarimga aytganman dedi. Ba’zida zanjirlarni taqishga qizlaridan ruxsat so‘ragan ekan. Savol: ayolimning shu ishi to‘g‘rimi yoki qizlarini zanjirlaridan xam zakot to‘lashga majburmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Agar qo‘liga mulk qilib bergan va ular ham qabul qilib olgan bo‘lsa qizlarniki hisoblanadi. Zanjirlarni grammi nisobga etsa qizlarning o‘zlari zakot berishlari farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 136 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar