Qimor pulidan exson
Assalomu alaykum! Qaysidur masjid qurulishida bir ustaga xolis xizmat qilgani uchun damas avtomobili sovg‘a qilishti, Rustamjon domla boshchiligida. Shu ishga xomiylik qilgan Shoxjaxon ismli yigit. O‘sha bolaga Abror Muxtor Aliy qilyatkan ishini “bir bahsda bil ittifoq xarom degan” dedilar. Lekin bu inson tushunishni xoxlamadi, shunga bu exsonni natijasi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U domla nima qilgan, homiysi nima ish bilan shug‘ullanishini bilmaymiz. Bilmagan ishimiz haqida hukm aytolmaymiz. Nopok yo‘ldan topib ehson qilayotganlar shariatning bu boradagi hukmini o‘rganib qo‘yishlari kerak. Harom molning hukmi, savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga tarqatish. عَنِ ابْنِ عُمَرَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا تُقْبَلُ صَلَاةٌ بِغَيْرِ طُهُورٍ وَلَا صَدَقَةٌ مِنْ غُلُولٍ، قَالَ هَنَّادٌ فِي حَدِيثِهِ: إِلَّا بِطُهُورٍ Ibn Umardan:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Tahoratsiz namoz ham, xiyonatdan* topilgan (moldan qilingan) sadaqa ham qabul bo‘lmaydi», dedilar».
Termiziy rivoyati.
Ushbu hadisdan, haromdan topilgan mol-mulk Allohning nazdida maqbul bo‘lmasligi, haromdjan ekanligi 100 foyiz aniq bo‘lib savob umidida sadaqa qilsa kufr bo‘lishi aytilgan. Ba’zi bir insonlar shariatda harom qilingani aniq bo‘lgan ishlarni qilib undan tushganlarini masjid, savob ishlarga sarflaydilar. Ularning bu ishi mutlaqo noto‘g‘ri. Imom Abu Hanifa yo‘lda ketayotib, olma o‘g‘irlayotgan kishini ko‘rib qoldilar. Uning ortidan kuzatib, borib qarasalar, u olmalarni sadaqa qilib ulashar edi. Imom: "Nima uchun o‘g‘irlik qilding, men seni och deb o‘ylabman", desalar, u kishi: "Yo‘q, men (savob umidida) robbim bilan tijorat qilmoqdaman", dedi. Imom: "Bu qanasi bo‘ldi?" dedilar. U kishi: "Men o‘g‘irlik qilganim uchun Alloh bitta yomonlik yozadi. Uni sadaqa qilib ulashsam menga o‘nta yaxshilik yozadi. Demak menga to‘qqizta yaxshilik yozildi. Men Robbim bilan mana shunday tijorat qilmoqdaman", dedi. Shunda imom: "O‘g‘irlik qilganingda Sen uchun bitta yomonlik yozildi. Uni sadaqa qilib ulashganingda sadaqang qabul qilinmadi. Chunki, Alloh halol va pokizalik bilan topilgan puldagi sadaqani qabul qiladi. Senga undagi bir gunoh va o‘g‘riga belgilangan jazo lozim bo‘ladi", dedilar. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 15:51 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom