Alkagol ichimliklar

Assalomu alaykum! Ancha yil oldin adam ibodatda bo‘maganlar va kim «vino», «vodka» «viski» va shunga o‘xshash juda qimmat ichimliklar sovg‘a qilishganda qabul qilar edilar va sotib olganlar xam. 3-4 yildan beri Alhamdulillah ibodatga kirganlar, bu narsalardan uzoqda. Xozir uyimizda xech kim kirmidigan xonada turadi. Adammi o‘rtoqlari bor, ko‘pi xam ibodatda emas, ular ichkilik ichishadi. Idobatga chaqirganlar ammo foydasi yo‘q. Savolim shuki: shu ichimliklarni boshqalarga berib yuborsa yoki sotib yuborsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U ichimliklar shar’an najosat hisoblanadi. Najosat shariatimizda sotiladigan mol hisoblanmaydi. Harom bo‘lgani uchun o‘zgaga berish ham sotish ham sotganidan tushgan pul ham harom hisoblanadi. Uni kanalizatsiyaga oqizishdan boshqa yo‘li yo‘q. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 16:25 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar