qurandan
assalamu alaykum.qori aka sizni quron tilovatingizni sevib tinglayman.yangi 30 pora diskizni oldim.faqat sizdan ruhsat bilan kompyuterimga kochirib eshtishga ruhsat bersangiz! sizni qiroatingizdek oqishga xarakat qilyapman lekin men quronni yod olmaganman faqat qolimga olib oqiyman yod olishga qiynalyapman lekin tajvid qoidalarni buzmayman.menga maslahat bering yaqinda quronni xatmi qilaman ammo toliq yod olmaganman.javob u-n oldin minnatdorman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Bismillahir Rohmaanir Rohim.Va alaykum assalom. Siz o‘zingiz sotib olgan diskdan o‘z jihozingizga faqat o‘zingiz uchun ko‘chirib olishingiz mumkin. Bundan boshqa tasarruflar ilm yo‘liga g‘ov bo‘lishi mumkinligini yaxshi bilasiz, deb o‘ylayman. Qur’onni xatm qilishda xatmi Qur’on odoblariga rioya qilish tavsiya etiladi. Bu, umumiy qiroat odoblariga qo‘shimcha ravishda, alohida tayyorgarlik bilan, munosib vaqt va joy tanlab, iloji bo‘lsa, oila a’zolar va yaqin kishilar ishtirokida xatm qilib, ularning ham xatmi Qur’on fazilati va duolaridan bahramand bo‘lishlariga ko‘mak berish kabi ishlar bilan bo‘ladi. Anas ibn Molik roziyallohu anhu har safar Qur’onni xatm qilganlarida shunday qilar ekanlar. "Xatmi Qur’on chog‘ida ijobat bo‘ladigan duo bor", degan ma’nodagi hadisni ham shu zot rivoyat qilganlar.Qur’onni xatm qilishdagi takbir va xatmi sag‘irlar haqida oldingi savol javoblarda etarli ma’lumotlar bor. Xatmi Qur’onda eng katta e’tiborga molik amal bu ko‘proq duo qilishdir. Salafi solihlarning odatlari shundoq bo‘lgan. Bunda eng avval hamdu sano va salovatlardan so‘ng Qur’oni Karimda va hadisi shariflarda kelgan duolarni qilish ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qolaversa, inson o‘zi bilganicha, istagancha duo qilishi mumkin. Duoning arabcha bo‘lishi shart emas. Eng muhimi, qalbdan bo‘lishi kerak. Chunki bu fursatni g‘animat ekani yuqoridagi hadisdan ham ma’lum bo‘lib turibdi. Ayrim salaflar xatmi Qur’on munosabati va xursandchiligi uchun hadyalar ham tortiq qilganlari aytiladi. Alloh taolo O‘zi yordamchi bo‘lsin. Vallohu a’lam.
4 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 157 | Qur’oni karim