Kibr haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir kishi libosi va sochini jingalagiga mahliyo bo‘lib ketayotganda er yutib yubordi, endi qiyomatgacha yutilib yoki tushib boradi mazmunidagi hadisni topishga yordam bersangizlar. Va u sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadis sahih. عَنْ سَالِمِ بْنِ عَبْدِ اللهِ، أَنَّ أَبَاهُ حَدَّثَهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَيْنَا رَجُلٌ يَجُرُّ إِزَارَهُ، خُسِفَ بِهِ، فَهْوَ يَتَجَلَّلُ فِي الْأَرْضِ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ. تَابَعَهُ يُونُسُ عَنِ الزُّهْرِيِّ Solim ibn Abdullohdan rivoyat qilinadiki, otasi unga shunday so‘zlab beribdi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi izorini sudrab ketayotgan edi, uni er yutdi. Endi u qiyomat kunigacha erga ko‘milib boraveradi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar