Londonda qiblani aniqlash
Assalomu alaykum! Men Londonga kelganimga bir xafta buldi. Va qiblani aniqlash uchun telfonning kompasidan foydalandib va kompas ko‘rsatgan yo‘nalish bo‘yicha qiblani qasd qilib namozlarimni o‘qidim va bu qiblani qasd qilib o‘qish 2-3 kun davom etti. Keyingi kunlardan boshlab namozga niyat qilganimda qiblani qasd qilib emas ishonchim komil bo‘lib (kqibla tomonga) o‘qidim ammo bugun kompas qarama qarshi tomonni ko‘rsatganini quyoshni chiqishidan bildim(Londonda quyosh kam chiqadi). Bundan oldin xam quyosh 1-2 marta chiqqandi ammo qiblani aniqladim deb etibor bermagan edim. Savolim shuki shu bir xafta davomida qiblaga noto‘g‘ri turib o‘qigan namozlarim joizmi yo qaytadan qazosini o‘qiymi? Xozir xam qibla tomonni aniq bilolmadim. Iltimos Londonda qibla kompasda nechanchi gradusida bo‘lishini va ertalab qiblani quyosh chiqishiga qarab aniqlashda yordam bersangizlar. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qiblani quyoshga qarab, bizdagi holatga qiyoslab aniqladim deb o‘ylasangiz bu noto‘g‘ri. Yaqiningizdagi birorta masjidga boring. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 186 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qiblani quyoshga qarab, bizdagi holatga qiyoslab aniqladim deb o‘ylasangiz bu noto‘g‘ri. Yaqiningizdagi birorta masjidga boring. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 186 | Namoz