Musulmonlarga dinda yordam berish vojiblig

Assalomu alaykum hurmatli shayx hazratlari. Sizga, bir oyatga yanayam aniqlik kiritish maqsadida ushbu savol bilan murojat qilmoqchidim, ijozatiz bilan. Anfol surasining 72-oyatida shunday deyilgan. ...agar ular sizdan diynda yordam surasalar,yordam bermogingiz vojib... degan jumla bor "Tafsiri hiloldan". Savol shuki, shundan kelib chiqib bir diyordagi musulmonlar zulm ko‘rib yordam so‘rasalar qolgan diyordagi musulmonlarga yordam berish vojib bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh dinga qilayotgan xizmatizdan O‘zi rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Javob o‘sha erda turibdi-ku, yana nimaga so‘raysiz?«Agar ular sizdan dinda yordam so‘rasalar, yordam bermog‘ingiz vojib»dir.Agar hijrat qilmagan musulmonlarning e’tiqodlari xavf ostida qolib, yordam so‘rasalar, ularga bu sohada yordam bermoq lozim. Sharti shuki:«Faqat siz bilan o‘rtalarida ahdu paymon bor qavm ziddiga emas».Chunki musulmon jamiyati jamoat nomidan boshqalarga ahd berib qo‘yganidan keyin, unga vafo qilish lozim. Haligi yordamga muhtoj kishilar esa o‘z ixtiyorlari bilan musulmonlar jamoasiga qo‘shilmay yuribdilar.«Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turuvchidir».

4 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 159 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar