Xozirgi kundagi aktsiya

Assalomu alaykum! Bir kompaniya savdosini oshirish maqsadida o‘zining maxsulotini ichiga sovg‘aning nomini (telefon, dazmol) yozib aktsiya qilsa va o‘sha sovg‘a kimgadur chiqsa, qimor bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aktsiya qo‘yilgan mahsulotning narxiga sovg‘aning ham puli tikilgan bo‘lsa qimor hisoblanadi. Sovg‘a mahsulot narxidan emas balki mahsulot egasining mulkidan xolis hadya bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar