Savdoda o‘rtadagi pul

Assalomu alaykum! Magazinim bor. Ayollar kiyimlari sotiladi. Ishchilarimdan birida bir holatni kuzatdim. Dugonasi xaridor olib kelar ekan. Olib kelgan xaridorlari narsalar olar ekan, ammo olgan har bir narsasidan 10000 so‘mdan pul chiqarib berishar ekan. 2-holat, dugonasi qimmatroq narxga sotib, o‘sha foydasini olib ketarkan. Ishchimiz narsa sotganiga xursand, dugonasi foydalanganiga xursand. O‘rtadagi foyda qilinayotgan pul halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xaridorning bo‘yniga yuklamasdan sotuvchi o‘zining foydasidan chiqarib bersa halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar