Foreks

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Foreks bozorida savdolardan pul topish durust emasligini izlash xizmatidan topib o‘qidim. Menga Foreks klubidan ish taklif tushdi. Boshqa viloyatdan bo‘lganligim sababli Toshkentdagi bosh ofis men yashaydigan shaharda Foreksdan dars berish, ya’ni o‘rgatish uchun ishga taklif qilyapti. Unda faqat foreksni o‘rgataman va ulardan bunga oylik olaman. O‘zim bu Foreks bozorida qatnashmayman. Savolim quyidagicha: o‘sha o‘rganishni xohlab kelganlarga «Bu ish shar’iy tomondan to‘g‘ri emas, agar mayli desangiz o‘rgataman» degan shart bilan ishlasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Bu gunohga yordam berish hisoblanadi va kelgusida sizdan o‘rganib o‘sha ishni qilganlarning gunohiga tengma-teng sherik bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 17:06 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar