Chaqirish uchun yolg‘on gapirish

Assalomu aleykum shayh hazratlari. Mani bir ukam 4 yildan ziyod buldi AQSH davlatiga ishlashga ketgan. Endi uni shuncha chaqirsak ham kemayapti. Urtoqlariga telefon qilib surasak: ukangni chaqirib olinglar buzilib ketmoqda allaqanday qizlar bilan internetda gaplashadi ularga (qizlarga) pul yuboradi hatti-harakati tabiati ham (kiyinishi,yurishlari) g‘ayri dinlarnikiga uhshab ketmoqda, oldin namoz uqir edi hozir namozni ham tashlab quygan man gapirsam: sani man bilan ishing bulmasin deb aytadi, deb aytishmoqda. Hazrat uni chaqirib olish uchun onamiz kasal buldilar shifokorlar ahvollari og‘ir deb aytmoqda tez kelmasang bulmaydi deb yolg‘on gapirsak buladimi ? iltimos maslahat bering…
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa iloji bo‘lmasa, o‘shanday qilsanngiz bo‘ladi.

4 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar