Janjallashish
Assalomu alaykum! Men ancha yillardan beri sal xato qilsa ham xotinimni nohaqdan ko‘p urishaman, xotinim meni ko‘p qarg‘aydi, o‘lim tilaydi, ko‘zing ko‘r bo‘lsin deydi. Menga nima qilsam xotininmning shuncha qarg‘agani o‘tmaydi? Juda badjahil odamman qanday qilib qalbimni tarbiyalasam bo‘ladi, qanday qilib ixlosni topsam bo‘ladi? Nomozimda ham xushu yo‘q, yordam beringizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xotinni urishayotganda kuyovingiz bilan qizingizni tasavvur qiling. Kuyovingiz qizingizga qanday muomala qilishini xohlar edingiz? Siz ichgan har bir xo‘plamingiz va egan har bir luqmangizga “Bismillahir Rohmaanir Rohiym”ni aytib tanavvul qiling. Aslida bir marta aytish kifoya, lekin siz har birida aytib eb iching. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush