Restoranda ofitsant

Assalomu alaykum! Man ayni damda Birlashgan Arab Amirligida restoranda ofitsant yordamchisi bo‘lib ishlayman. Sotadigan go‘shtlarimizni hammasida halol sertifikati bor, tekshirib ko‘rganman. Lekin restoranda alkagol mahsulotlari ham sotiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamrda lanatlagan toifalarni o‘qidim. Lekin man u ishlani qilmayapman. Qiladigan ishim ovqat tashish, stolda qolgan narsalarni yigishtirish, tozalash. Lekin tozalash paytida alkagol qo‘yilgan stakanlarniyam yuvish uchun olib borib berishimga to‘g‘ri keladi. Iltimos ustozlar, shu vaziyatdan kelib chiqib mani xozirgi olayotgan maoshim harom emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar