ZoodPay orqali ishlash
Assalomu alaykum! Men texnika do‘konida ishlayman, shu vaqtgacha ishxonamizda kredit tizimi yo‘q edi. Ammo endi ZoodPay orqali foizsiz kredit yo‘lga qo‘yilmoqchi. Bu tizim shundan iboratki agar mijoz do‘kondan naqt pulga bironta texnika sotib olsa arzonroq oladi lekin ZoodPay orqali kreditga oladigan bo‘lsa biroz qimmat lekin foizsiz 90kun muddatda to‘laydi. Masalan printerni narxi 2mln so‘m bo‘lsa, ZoodPay orqali olsa 2mln 400ming so‘mga oladi va 4 martalik 600ming so‘mdan ZoodPay hisobiga to‘lov qiladi. Sotib olgan vaqtda bizga 2mln 188ming so‘m tushadi va ZoodPay ga 4marotaba to‘lov qiladi. Ushbu tizimdan foydalanish joizmi yoki ishdan ketganim ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘lovni kechiktirganda mijozdan narxga ustama talab qilsa joiz emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 19:50 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘lovni kechiktirganda mijozdan narxga ustama talab qilsa joiz emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 19:50 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat