ramazon oyidagi farz amal
Assalomu alaykum. Hurmatli shayx janoblari, savolim yoqmagan bo‘lsa avvaldan uzr. Ramazon oyida bitta qilgan farz amali, oddiy oyda etmish marta qilganga to‘gri kelar e‘kan. Shu to‘g‘rimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, bu qazo qilingan farz namozlariga ham o‘tadimi. Meni ikki yoki uch yillik qazo namozlarim bor. Alloh sabr bersin sekin sekin tugatib borayapman. Ramazon oyida bitta qazo namozni o‘qisam, etmishtaga yuradimi? Yoki men bu ma‘ruzani tushunmaganmanmi? No to‘g‘ri fikrlar bilan adashganlardan bo‘lib qolmay. Ilmimni ziyodalashda ko‘mak bering. Rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ramazon oyining sharofatidan unda qilingan yaxshi amallarning savob ko‘paytirib beriladi. Amalning o‘zi ko‘payib qolmaydi. Siz o‘ylagandek, bitta namoz etmishta namozning o‘rniga o‘tmaydi. Bir namoz bir namoz o‘rniga o‘tadi, ammo uning savobi etmish namozning savobiga teng bo‘ladi. Siz qazo namozlarni o‘qishda davom etavering.
4 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 133 | Halol va harom