Otam onamga xiyonat qiladi

Assalomu alaykum! Bir necha yillardan beri otam onamga xiyonat qiladilar. Bu haqida men ancha yillardan beri bilsam ham nima qilishimni bilmas, bu haqida hech narsa qilmasdim. Bir yil oldin, bundan onam ham xabar topib oldilar va ancha salomatliklarini yo‘qotib qo‘ydilar. Men yaqinda turmush qurish yoshidagi yigitman, onam oilamizni buzulib ketishidan qo‘rqib, menga jabr bo‘lmasin deb, hammasiga chidab kelyaptilar. Otam onamga bu ishni boshqa qilmaslik haqida qayta qayta va’da berganlaridan keyin ham shu ishni davom ettiryaptilar. Nima qilishimiz kerak. Shariatimizning bu masalada hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nikohlab qo‘yish kerak. Siz otangizga qarshi chiqmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:53 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar