O‘rilgan soch bilan taxorat olish

Assalomu alaykum! Agar ayolning sochining old qismi o‘rilgan bo‘lsa, kichik taxoratda mash tortsa, mash komil bo‘ladimi yoki echish shartmi? Ya’ni bunda qo‘l turmakka bir tekisda, xamma joyga tegmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Echish shart emas, boshning ustiga qo‘lini qo‘yib mash tortilaveradi. G‘uslda echilishi shart. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 153 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar