Sotib pulini berish

Assalomu alaykum! Men o‘zim ishlab chiqargan tovarimni bozorda bir savdogarga beraman, u ustiga foydasini quyib sotadi. Oldindan sotib ololmaydi, bunga mablag‘i yo‘q. Qachon sotsa shunda pulini beradi, shu yo‘sinda ishimiz noto‘g‘rimi. Agar noto‘g‘ri bo‘lsa va u oldindan pul bera olmasa, men bu ishimni yig‘ishtirib, berilgan tovarlarimni qaytarib olishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz nasiyaga sotishingiz mumkin. Pulini berishga ma’lum bir ko‘zingiz etgan muddatni belgilab qo‘ying. Kechiktirsa yana muddat qo‘shib bering. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar