Mazxablarda namozning turlicha o‘qilishi
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qisin, Robbimga xamdlar bo‘lsin kim meni gunoxi masiyat ichida yurgan kezlarimda bir kunda ko‘nglimga xidoyat berib bomdodga o‘yg‘onganimni bilmay qoldim va bilganimcha bomdod namozini ado etdim, shu kuni internetdan 5 vaqt namoz o‘qishni o‘rgatuvchi videolarni qulayini qidirdim va rusiyzabon tilni yaxshiroq tushinganim uchun rus tilidagi videodan o‘rgandim.U paytda mazxablar to‘g‘risida tushunchaga ega emasdim, keyin bilsam biz amal qiladigan hanafiy mazxabida boshqacharoq o‘qilarkan(ya’ni shungacha sano duosini o‘qish kerakligini bilmasdim va Attaxiyat sal boshqacharoq o‘qilardi). Yaqinda o‘zimizdagi kitoblardan va programmalardan hanafiy mazxabi bo‘yicha o‘qishni o‘rgandim. Savolim: shu paytgacha o‘qigan namozim qabul bo‘ldimikan degan g‘ulg‘ula bor yuragimda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shubha qilmang, qabul bo‘ladi. Alloh bardavom qilsin. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shubha qilmang, qabul bo‘ladi. Alloh bardavom qilsin. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 160 | Namoz