Ahli kitoblar so‘ygan go‘sht

Assalomu alaykum! Men shayh Muhammad sodiq Muhammad yusuf xazratlarining maruzalarini birida yahudilar va nasroniylar so‘ygan ya’ni musulmaonlarga halol bo‘lgan jonvorlarni so‘ysa bu halol musulmaonlarga deb eshitdim. Qur’onda kelgan dedilar. Shunga oydinlik kiritib bersangizlar iltimos. 2). Biz 2 yildan beri musulmon bo‘lmaganlar so‘ygan tovuq, mol, qo‘y go‘shtlarini istemol qilamiz. Bular halolku so‘rab nima qilardin bilmasdan qilingan ishni gunohi ham azobi ham yo‘qku degan narsa hayolimdan o‘tadi. Faqat cho‘chqani go‘shti va undan tayyorlangan barcha narsalardan chetda bo‘lamiz. Mana shu to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Bismillah”ni aytib so‘yishsa joiz. Afsuski hozir ular ham musulmonlarning ba’zilari ham aytishmayapti. Joiz emas.
2). Aslo unday emas. So‘rab, Bismillahni aytganini aniqlab eyishingiz shart. aytmagan bo‘lsa emasligingiz kerak. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 219 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar