Bayram nishonlash

Assalom alaykum! Aziz ustozlar, musulmon kishi o‘zining oilasi uchun muhim yoki qadrli bo‘lgan biror kunni har yili bayram qilib nishonlashi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ne’mat berilganda ne’matning shukronasini nishonlash joiz. Uylanganda valiyma qilinadi, farzand ko‘rganda aqiyqa qilinadi va hokazo. Hatto Umar roziyallohu anhu “Baqara” surasini yodlab tugatganlarida tuya so‘yib ziyofat qilib berganlarini rivoyat qilishgan. Lekin bir narsani har yili ushlab olishga kelsak, dinga aloqasi bo‘lmagan narsalarda joiz. Boshqalari joiz emas.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:20 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar