Namoz o‘g‘risi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, namoz o‘g‘risi haqida hadisni bilmoqchi edim, imkon bo‘lsa sharxlari bilan keltirib bersangizlar. Bu balodan ehtiyot bo‘lishimiz uchun. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن أبي قتادة رضي الله عنه قال قال: رسول الله صلى الله عليه وسلم: أسوأ الناس سرقة الذي يسرق من صلاته لا يتم ركوعها ولا سجودها ولا خشوعها. رواه الإمام أحمد وغيره Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Odamlarning ichidagi o‘g‘rilarning eng yomoni namozidan o‘g‘irlaydigan kishidir. U namozni ruku’sini, sajdasini va xushu’sini to‘liq qilmaydi” dedilar. Imom Ahmad rivoyati. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 197 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar