Tijorat uchun olgan puldan ulush bersam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yaqinda tijorat qilishni boshladim. Uni boshlash uchun tanishimdan qaytarish sharti bilan 3 mln so‘m oldim. Uning pulidan foydalanayotganim uchun har oy unga foydamdan 150 ming so‘m berib turishga kelishdik. Bu foiz emas, vaqtida bera olmasam foiz qo‘shilmaydi. Buni faqat uning pulidan foydalanayotganim uchun ulush, deb hisoblayapmiz. Bu narsa sudxo‘rlikka kirmaydimi? Men pulni ulush sifatida beryapman. Chunki uni puli(molidan) foydalanib tijorat qilyapman. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayni sudxo‘rlikka kiradi. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/317 

4 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar