Bayram haqida
Assalomu alaykum! Uyda 70dan oshgan qaynotam borlar, biza xo‘jeyinimla bilan yangi yil, tug‘ilgan kun va shunga oxshash bayramlarni nishonlash mumkinmasligini yaxshi bilamiz, lekin ular har yangi yilda stol yasatib oila davrasida bo‘lishimizni xohlidilar. Xo‘jeyinimla bu bayram yo‘q dib etganlar lekin otamku deb ortiqcha gapirolmidilar. Biz ularni hurmat qigan holda, hafa qilmaslik uchun, lekin dilimizda norozi bo‘lib bunaqa bayramda qatnashishimiz qanchalik to‘g‘ri? Biza qanaqa yo‘l tutishimizni maslahat berasizlar? Chunki kelajakda farzandlarimiz bu narsani takrorlamasliklarini xohlimiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi har qanday holatda ham ota-onasining hurmatini qilib, yaxshi muomalada bo‘lishi zarur. Xo‘jayningiz muloyimlik bilan otalariga bu ish shariatda yo‘q ekanligini tushuntirishga harakat qilsinlar. Xususan farzandlaringiz tarbiyasiga ahamiyatli bo‘lishingiz, bu kabi tadbirlarga borishga majbur bo‘lsangiz ham ularga bu ishlar haqida to‘g‘ri tushuncha berishingiz kerak bo‘ladi. Xususan bu ishlar musulmonlarning odatlaridan emasligini chiroyli tarzda ularga tushuntirib, uqtirishishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 142 | Administrator