Otamdan qolgan qarz
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh sizlardan rozi blsin. Meni otam (Alloh rahmatiga olsin) 2014-yil qaytish qilganlar o‘sha davrda men otamni qarzlari men beraman deb bo‘ynimga olganman. Allohga shukr xozirda shu pullarni men egalariga qaytarayapman. Savolim shuki otam u pullarni olganlarida dollar narxi 250-260 atrofida bo‘lgan. Xozirda esa ancha baland. Men o‘sha qarzlarni o‘sha davrdagi dollar qiymatini xisoblab beramanmi yoki xozirgi qiymatiga qarabmi? Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Necha dollar olgan bo‘lsa o‘shancha dollar qaytarasiz. Haqdorlardan iltimos qilib ko‘rishingiz mumkin xolos. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar