Oladigan pulim xalolmi?

Assalomu alaykum! Hozir chet davlat universitetlariga imtihoniz o‘qishga kiritib qo‘yadigan firmalar bor, ular universitet bilan shartnoma qiladi va to‘lov qilgan abiturientlarni imtihonsiz chet davlatlarga o‘qishga joylab qo‘yadi. U talabalar keyingi yil o‘zimizni davlatga imtihon bilan o‘qishini ko‘chirib keladi. Imtihondan o‘tish uchun juda past ball belgilangan, shuning uchun o‘qishga kirolmaganlar shu yo‘l bilan kirishadi. Ba’zilari o‘qishni ko‘chirishda ham pora beradi. Hozir menga ham shunaqa firmalar odam topib berishim evaziga pul taklif qilyapti. Men boshqa tanishimga shu pulni yarmini vada qilib odam topib berishini aytdim. Men shu pullarni olishim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizga ma’lum bo‘lishicha ularni ishlarida yolg‘on va firibgarliklar bor ekan. Kuzating, agar shariat harom qilgan ishlar, yolg‘onlar, firibgarliklar bo‘lsa ishlamang ham odam ham topib bermang. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar