Duo umidida

Hazrat. Mana yana o‘sha urganib qolganim saytning savol javoblarini o‘qib o‘tirib, sizning duoga qo‘l ochganizni esladim. Hazrat, bir necha oy oldin o‘zingizni guvohligizda uylanganman. O‘shanda duo qilgan edingiz hozirgiday esimda. Hazrat yana Bismillah deb duo qilib qo‘ying. Solih soliha farzandlik bo‘lishlik baxtiga Alloh taolo bizlarni ham etkazsin, Muhammadning ummati ko‘paysin, mumin muminalar, muslim muslimalar ko‘paysin. Hazrat Alloh taoloning bizlarga bergan ne’matlari cheksiz. Qay birini sanay olamiz? Qay birini shukrini ado eta olamiz? Nolimaymiz Alhamdulillah deymiz. Lekin yana bitta buyuk ne’matiga etkazsin. Duo qiling Hazrat, duo qiling. Zero, sizning duoingiz biznikidan a’loroqdir. Sizga beadad tashakkurdamiz, Sizni oilam bilan hurmat qilamiz va har bir javobizga inshaalloh amaldamiz...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo solih farzandlarni ato qilsin!

4 May 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 147 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar