Boshqa tillarda diniy kitob o‘qish

Assalomu alaykum! Rus va ingliz tililarda dinniy kitoblar o‘qilsa yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqa tillarda diniy kitobni o‘qish joiz, lekin ishonchli shaxs va ishonchli manbaalar bo‘lishi shart. Oddiy misol, hamma talaba Munjid kitobidan foydalanadi. Uni musulmon bo‘lmagan yahudiy bir shaxs yozgan. Islomiy terminlarni juda ko‘pini buzib talqin qilgan. Insonning har bir o‘qigan ma’lumotidan qalbiga bir urug‘ ekilib qoladi. Umrining oxirigacha u narsa chiqib ketmaydi. Shuning uchun shubhali va noto‘g‘ri ma’lumotlardan saqlanish zarur. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 159 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar