Tovuq go‘shti iste’moli

Assalomu alaykum! Bugun ertalabdan bozorga tushib bozor qildim. Kechki payt palov qilishni niyat qildim. Magazindan tovuq oyog‘i oldim. Uyga kelib shu tovuq go‘shtini solib osh tayyorladim. Allohni bergan ne’matiga shukur qilib oshni suzdim. Hamma oshga qo‘l uzatdi. Ammo ukam emasdi. Hayron bo‘ldim. Sababini so‘rasam, bu tovuq halol so‘yilmagan. Bu ovqatingni emayman dedi. Vaholanki bu gapni umrimda birinchi marta eshitdim. Allohning rizoligi uchun ro‘za tutdim. 13 yildan buyon nomoz o‘qiyman Alhamdulillah. Ammo ukamni shu gapini eshitib birdan g‘alati ahvolga tushib qoldim. Hammani kayfiyati birdan o‘zgardi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tashqaridan kelayotgan “okorochka” deb nomlangan tovuqning oyoqlari bo‘lsa, aniqlashtirib oling. Ko‘pi shariatga muvofiq so‘yilgan emas. Nima bo‘lganda ham go‘sht mahsulotlarni aniqlab keyin oling. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar