Tonkoin kriptovalyutasi

Assalomu alaykum! Bilamizki xozirgi kunda kriptovalyutalar savdosi, ishlab chiqarilishi(mining) va u xaqidagi ma’lumotlar yoshlar orasida ko‘p aylanmoqda va ular bilan birjada oldi sotti qilish ulamolar tomonidan xarom qilinganini bilamiz. Xozirgi kunda telegram asoschisi Pavel Durovning o‘zi yaratgan tonkoin kriptovalyutasi keng muxokamalarga sabab bo‘lyapti. Bitkoin va shunga o‘xshash kriptovalyutalarni oqasida kim turganligi noma’lum(aniq fakt yo‘q) va biz unga investitsiya qila olmaymiz. Biroq Tonkoin asoschisini bilamiz va qayerga investitsiya qilayotganimizni bilib, ko‘rib tura olamiz. Lekin buni xam savdo sotiq qilib daromad qila olmaymiz. Chunki kriptovalyutalar savdo sotig’i shariatimizdagi savdo sotiqqa mos emas Valloxu A’lam! Savolim shuki tonkoinni savdo sotiq qilib daromad qilmay, kriptovalyuutalarni shunchaki olib qo‘ysak va vaqtlar o‘tib bu xalqaro muomalaga kirgandagina, va bunga xalqaro musulmonlar idorasidan ishlatsa bo‘lish xaqidagi fatvo berilgandan keyingina ishlatsak bizga bu pullar xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdosi joiz bo‘lmagan narsani sotish va sotib olish ham joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar