Yaqin do‘stlarni quda bo‘lishi
Assalomu alaykum! Alloh yo‘lidagi do‘stim bor. Do‘stimni bo‘yi etgan, tarbiyali qizi bor. Shu do‘stimni qizida meni o‘g‘limni ko‘ngli bor ekan. O‘g‘lim u qiz bilan hali gaplashmagan. Bir mahalladan bo‘lganimiz uchun ko‘cha-kuyda ko‘rib turadi xolos. Men bundan juda xursand bo‘ldim. Lekin meni bir masala qiynaydi. Hozirgi kunda oila degan narsa juda ham noziklashib boryabdi. Ayollarni ko‘r-ko‘rona aralashuvidan, bo‘lar-bo‘lmas sabablar bilan yangi oilalar ajrashib ketayabdi. Do‘stimni qizini kelin qilishni xohlayapmanu, lekin qo‘rqibroq turibman. Sababi o‘sha yuqorida aytilgan har xil sabablar bilan farzandlarimizni turmushi Alloh asrasin o‘xshamay qolsachi. Bu qudachilikka tikilgan eng katta narsa, o‘zaro yaqin do‘stligimizga ham putur etib qolishligidan xavotirdaman. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yaqin qarindoshlarni quda bo‘lmasliklarini maslahat berganlar. Bizni do‘stligimiz ham ulardan qolishmaydigan darajada.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Istixora qilinglar. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Istixora qilinglar. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush