Fitr ro‘za

Assalomu alaykum! Masjid imomi og‘ir axvolda, ko‘p mablag‘ kerak davolanishiga. Shu insonga fitr ro‘za bersa bo‘ladimi yoki ixtiyoriy ko‘ngildan chiqarib pul berib xaqiqiy fitr ro‘zani pulini bechora insonga berish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom qurbonlik qilishga qodir bo‘lsa yoki o‘lik moldan bo‘lsa ham nisobga ega bo‘lsa hadya deb birishinglar kerak. Fitrni boshqa faqir-miskinga berasizlar. Imom ham faqir-miskinlar qatorida bo‘lsa imomga ham berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:45 | Savol-javoblar | 160 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar