Jamoat namozida qiyomda turishda oyoqlar orasi

Assalomu alaykum! Jamoat namozida qiyomda turganda ikki chekkamdagi odamlar mendan sal uzoqroq tursa, ularni ham ulashlik uchun oyoq orasidagi masofani kattalashtirsa bo‘ladimi? Ya’ni elka kengligidan oshsa? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning safda jipslashib turishga buyurgan hadislaridan sahobalar ham tobe’inlar ham va ulardan keyingilar ham oshiqni oshiqqa yopishtirishni tushungan emaslar. Sahihul Buxoriydagi No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhuning hadislarini o‘qiganlar esa elkani elkaga tekazishga amal qilib, imom Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan tizzasini sherigining tizzasiga va oshig‘ini sherigining oshig‘iga yopishtirishga amal qilishmaydi. عن النعمان بن بشير رَضِي اللهُ عَنْهُ قال : أقبل رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ على الناس بوجهه، فقال : "أقيموا صفوفكم (ثلاثاً)، والله لتقيمنّ صفوفكم أو ليخالفنّ الله بين قلوبكم" . قال النعمان :فرأيت الرجل يلصِق منكبه بمنكب صاحبه، وركبته بركبة صاحبه، وكعبه بكعبه . رواه أبو داود No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga yuzlanib, “(uch bor) Saflaringizni tekiz qilinglar, Allohga qasamki yoki saflaringizni tekiz qilasizlar yoki Alloh qalblaringizni bir-biriga teskari qilib qo‘yadi” dedilar. No‘’mon aytadi: Men kishining elkasini yonidagining elkasiga tizzasini yonidagining tizzasiga, oshig‘ini oshig‘iga yopishtirgan ko‘rdim”. Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar