Odamlarni obro‘sini to‘kuvchilar haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Men ijtimoiy tarmoq orqali bir diniy arbobning so‘zlarini eshitib juda ta’sirlandim va bu aynan bizlarga kundalik hayotimizda juda zarur hadis(hadisdan deb o‘yladim) ekanligini tushundim. Iqtibos: Sudxo‘rlikning bir necha sho‘’balari bor bo‘lib, eng engili o‘z onasi bilan nikohlanish bilan barobar, eng og‘iri kishilarning orasida boshqa bir kishini obro‘sini to‘kish, masxaralashdir. Iqtibos tugadi. Kishilarning orasida boshqa bir kishini obro‘sini to‘kish va masxaralash davralarda juda ko‘p uchraydi va buni hazil deb qaraladi. Jabr ko‘ruvchining esa dili qattiq og‘risa ham jamoaga bir so‘z aytaolmaydi. Sizlardan iltimos, shu ma’nodagi hadisning to‘liq matnini keltirsangiz, inshaalloh ko‘pchilik noto‘g‘ri ish qilayotganini anglab etsa. Zimmangizdagi mashaqqatli ishni bajarishingizda Alloh o‘zi sobitqadam qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Riboning shariatimizda hukmi shunday. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرِّبَا سَبْعُونَ حَوْبًا، أَيْسَرُهَا نِكَاحُ الرَّجُلِ أُمَّهُ، وَأَرْبَى الرِّبَا : اسْتِطَالَةُ الرَّجُلِ فِي عِرْضِ أَخِيهِ. ورواه الإمام أحمد في المسند Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ribo etmish juzdir, uni(gunohi)ng eng engili kishi onasi bilan yaqinlik qilish bilan barobardir. Riboning eng kattasi kishi o‘z birodarining obro‘sini to‘kishdir”.
Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat qilganlar.
Birovlarni obro‘sini to‘kadiganlarga Alloh taolo "Humaza" surasida marhamat qiladi: وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ 1. Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin.
Odamlarning obro‘sini g‘iybat yo‘llari bilan ko‘p to‘kuvchi odam arab tilida «humaza» deyiladi. Odamlarning aybini, kamchiliklarini imo-ishora ila masxara qiluvchi «lumaza» deyiladi. «Vayl» jahannamdagi bir vodiyning nomi yoki «holiga voy», «halok bo‘lsin» degan ma’nodagi so‘z ekanini oldin ham o‘rganganmiz.
Ushbu ikki sifatga ega bo‘lganlarning barchasi do‘zaxga tushadi va ularning ahvoliga voy bo‘ladi, deydi Alloh taolo. Chunki mo‘min kishining qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh. Odam o‘ldirib – qon to‘kib gunoh qilganlar jahannamga tushganlaridek, g‘iybat qilib – obro‘ to‘kib, kishilarni xafa qilganlar ham jahannamga tushadi. ("Tafsiri Halol" kitobidan).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida: «Ikki so‘kishgan, obro‘sini to‘kayotgan va yolg‘on gapirayotgan kishilar ikki shaytondir», dedilar».
«Musulmonning boru budi musulmonga haromdir: qoni ham, moli ham va obro‘si ham».
Ha, musulmonning qonini to‘kish gunohi azimdir. Ha, musulmonning molini olish ham gunohi azimdir. Ha, musulmonning obro‘sini to‘kish ham xuddi uning qonini to‘kish, molini olish kabi gunohi azimdir. Shuning uchun birovni o‘ldirishdan yoki molini o‘g‘rilab olishdan qanchalar o‘zimizni ehtiyot qiladigan bo‘lsak, uning obro‘sini to‘kishdan ham shunchalik ehtiyot bo‘laylik. عَنْ مُعَاذِ بْنِ أَنَسٍ الْجُهَنِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ حَمَى مُؤْمِنًا مِنْ مُنَافِقٍ بَعَثَ اللهُ مَلَكًا يَحْمِي لَحْمَهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنْ نَارِ جَهَنَّمَ، وَمَنْ رَمَى مُسْلِمًا بِشَيْءٍ يُرِيدُ شَيْنَهُ بِهِ حَبَسَهُ اللهُ عَلَى جِسْرِ جَهَنَّمَ حَتَّى يَخْرُجَ مِمَّا قَالَ Mu’oz ibn Anas al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir mo‘minni munofiqdan himoya qilsa, Alloh qiyomat kuni bir farishtani yuborib, uning go‘shtini jahannam o‘tidan himoya qiladi.
Kim bir musulmonni sharmanda qilish uchun uni bir narsa ila ayblasa, Alloh uni jahannam ko‘prigi ustida to u aytgan gapidan qaytmagunicha ushlab turadi», dedilar».
Sharh: Bir odam mo‘min kishini g‘iybat qilib, obro‘sini to‘kayotgan bo‘lsa, uni eshitib turgan kishilar ichidan mazkur mo‘minni himoya qilgan odam katta ajrga ega bo‘ladi. Uning mo‘min kishining obro‘sini himoya qilgani qiyomatda o‘ziga katta baxt bo‘lib qaytadi. Alloh taolo uni do‘zaxdan himoya qiladi. Bas, shunday ekan, mo‘minlar bir-birlarini munofiqlarning g‘iybat va bo‘htonlaridan himoya qilishlari zarur.
Aksincha, bu dunyoda mo‘min-musulmonni ayblash bilan mashg‘ul bo‘lgan odam qiyomatda xijolatda qolar ekan. Mahsharga to‘planganlar huzurida qilgan nobakorligi jazosi sifatida, jahannam ko‘prigidan o‘ta olmay, to‘xtab qolar ekan. Bas, shunday ekan, mo‘min banda zinhor o‘z birodarini ayblashga o‘tmasin. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 150 | Hadislar