Kitobni qog‘ozga chiqarsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar "Madrasa.uz" saytida Burhan Al Islam Al Zarnudjiy hazratlarining "Ilm olish sirlarini" o‘zbek tilidagisini saytga joylashtirishibdi.U sayt ham Islom.uz qoshida deb o‘ylab sizlardan shu kitobni oddiy kseriya kopiya qilgan holda chiqartirib undan foydalansam bo‘ladimi?Va agar kimdur mendan ana shu qof’ozga chiqartirgan kitobni so‘rasa berib tursamchi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! "Madrasa.uz Islom.uz qoshida ochilgan. Lekin kitob sotuvda bor, uni qog‘ozga tushirishni hojati yo‘q. Sotib olib o‘shandan foydalanishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 158 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar