Karting musobaqasi haqida

Assalomu alaykum! Bizning Namangan shahrimizda telegram ijtimoiy tarmog‘ida "voditeli namangana" nomi bilan mashxur guruh faoliyat yuritadi. Guruhning maqsadi yordamga muhtojlar uchun yordam berish. Hozirda guruh faoliyati kengayib hokimiyat bilan hamkorlikda karting musobaqasini uyishtirishmoqchi bo‘lib turishibdi. Musobaqada qatnashish shartlari e’lon qilingandan so‘ng ko‘pchilik orasida baxs munozara avj olib ketdi. Tashkilotchilar musobaqada qatnashish uchun 50.000dan to‘lov borligini aytishdi. Birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinni egallaganlar uchun sovg‘a borligini bilganimizdan keyin ko‘pchilik buni qimor dedi yana kimdir boshqa fikrda. Tashkilotchilar yig‘iladigan 50.000dan pulni sovg‘a salomga ishlatmasliklarini, sovg‘alarni hokimiyat tomonidan berilishini, yig‘iladigan pul esa tashkiliy ishlar uchun ishlatilishini aytishdi. Shundan so‘ng hammada shubha uyg‘ondi. Haqiqatan ham bu qimormi? Agarda yig‘iladigan pul sovg‘a salomga ishlatilmasa shu tartibda tadbir o‘tkazib joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qimor. Qoida “Bir necha kishilar pul jamlab, foydani bir taraf, zarar esa qolganlarga bo‘lsa, bu harom qimordir”. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 22:18 | Savol-javoblar | 173 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar