Ayolini onasidan kelib so‘kadigan erkaklarga

Assalomu alaykum! Xo‘jaynim bir necha bora onangni degan so‘zlar bilan onamni xaqorat qildi. Turmushimizga xali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Rafiqasining onasini xaqorat qilishning xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birovlarni ota-onasini so‘kishdan saqlanish kerak. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ «إِنَّ مِنْ أَكْبَرِ الْكَبَائِرِ أَنْ يَلْعَنَ الرَّجُلُ وَالِدَيْهِ». قِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ، وَكَيْفَ يَلْعَنُ الرَّجُلُ وَالِدَيْهِ؟ قَالَ: يَسُبُّ الرَّجُلُ أَبَا الرَّجُلِ، فَيَسُبُّ أَبَاهُ، وَيَسُبُّ أَمَّهُ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kabiralarning kattalaridan biri – kishining ota-onasini la’natlashidir», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, qanday qilib kishi o‘z ota-onasini la’natlaydi?» deyildi. «Kishi birovning otasini so‘kadi, shunda u ham buning otasini so‘kadi, onasini so‘kadi», dedilar».
Imom Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar