Yolg‘onga kirmaydimi bu?

Ustoz, Ruhiy Tarbiya (1) ning 353-betida Anas Ibn Molikdan uzun bir hadis keltiriladi. Unda Payg‘ambarimiz (sav) bir kishini jannati deb aytganlaridan so‘ng Abdulloh Ibn Amr u kishini qaysi amali jannatiy qilganligini bilish maqsadida uning orqasidan boradi va uning uyida 3-kun tunash uchun "Otam bilan o‘rtamizda gap o‘tib qoldi, menga 3 kun uchun joy bering" deydi...Savol: Shunda nima uchun Abdulloh Ibn Amr yo‘g‘on ishlatganlar? Yoki rosdan ham otalari bilan janjallashib qolgan bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha odamning sirini bilmoq uchun.

4 May 2022, 20:03 | Savol-javoblar | 155 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar