Nikoxim durustmi?

Assalomu alaykum! Men 2014-yilda nikohda o‘tganman u paytda dinimizni yaxshi tushunmas edim ayolim bilan ko‘p janjalashib turardik xozir alxamdulillax Alloh taolo xidoyat berdi. Sizlarni kanalingizda taloq masalalarini o‘qib menda shubxa paydo bo‘ldi nikoxim durustmikin deb. Bundan ikki oycha oldin xidoya madrasaga ayolim bilan bordik u erda taloq masalasi bilan ishladigan domla bilan ko‘rishdik Domla ZAGS daftarini ochib savol berishni boshladilad 2014-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrda necha marotaba urushganimizni so‘radilar. Men ajrashish maqsadida ikki marotaba qattiq urushib uyiga xaydab yuborganman shularni aytdim. Taloq degamisiz dedilar men yo‘q taloq degan so‘z og‘zimdan chiqmagan dedim. Keyin chiqqanimizdan keyin bundan ikki yilcha oldin janjalashganimiz esimga tushub qoldi. Oldilari ayol ro‘mol o‘ramasdi men shariatni tushunganimdan so‘ng ro‘molga namozga chaqirishni boshladim. Shunda bir ikki marta ro‘molsiz ko‘rib jaxlim chiqib urushib ro‘mol o‘ramaydigan xotin kerak emas ro‘mol o‘ramasang xotin qilmayman kabi shunga o‘xshash gaplar (aniq esimda yo‘q) deb aytganim esimga tushub qoldi. Man bu gapni taloq niyatida aytmagman. Endi nima qilishni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq niyatida aytmasangiz taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar