Darsdan javob berish
Assalomu alaykum! Man maktabda fizika o‘qituvchisiman. Oxirgi soatlarga qo‘yilgan darslarda o‘quvchilar repetetorlikka boramiz deb javob so‘rashadi. Javob bersam qoldirgan darsni o‘zlashtirishmaydi. Javob bermasam darsdan qochib ketishadi. (Xudo ko‘rsatmasin ko‘chada bir gap bo‘lsa dars vaqtida bo‘lgan deb mani boshim baloga qoladi). Kam sonli o‘quvchiga dars o‘taman. Lekin bir soatlik dars uchun to‘liq oylik olaman. Davlat xaqqiga xiyonat bo‘lmayaptimikin, deb ko‘nglim g‘ash. 2). Ayrim o‘quvchilar fizika fani qiyin, tushunmayman, qiziqmayman deb dars qilishmaydi, darsga halaqit berishadi. Bilimli bola ham ularni kasriga bilim ololmay qoladi. Jazolay desam ota-onalar majlisiga vaqt topolmagan ota-onasi bolamni uribsan deb yugurib keladi. (Tavba deysan odam). Tartibsiz (balki tarbiyasiz deyish kerakmi) o‘quvchilarni orqa partaga, o‘qiyman deydiganlani oldingi partaga o‘tkazib shularga dars o‘tsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz ajratgan soatingizga haq olasiz. Agar darsni o‘tmasangiz haq olishingiz joiz bo‘lmaydi. Mabodo bolalarni bittasi ham qolmay o‘zlari qochib ketib o‘sha dars vaqtida o‘zingiz sinfda o‘tirsangiz ham o‘sha haqni olishingiz joiz. 2). Siz sohangizni bolalarga etkazish uslubini yangilang. G‘arb mamlakatlarida odamlar axborot eshitmay qo‘yganidan mashhur so‘z ustalariga axborot o‘qittirishadi. Maqsad, nima bo‘lsa ham ularga o‘sha axborotni etkazish. Xohlasang o‘qi xohlamasang o‘qima, xohlamasang senga dars o‘tmayman deydigan vaqtlar o‘tib ketdi. Siz dunyodagi fizikaga taalluqli yangi ixtirolar va tarixdagi mashhur ixtirochilarni hayoti haqida gapirib berishni yo‘lga qo‘ying. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 187 | Ta’lim va muta’allim