Xadya
Assalomu alaykum Shayx Xazratlari. Mening turmushga chikkan kizim Sharkshunoslik institutini Islomshunoslik fakultetini byudjet yunalishini bitirdi. Konun buyicha ikki yil davlat muassasalarida ishlab berishi kerak. Shu sababli kizimning uyiga yakinrok bir maktabni tanlab , usha maktabga ishga joylashtirib kuy deb bir dustimga iltimos kildim. Agar ishga kirsa kunglimdan chikazib 50 $ xadya kilaman dedim va dustim rozi buldi. Dustim va’dasini ustidan chikdi va maktabni xal etdi. Men kizimning kaynonasiga maktab xakida aytdim , lekin u kishi bu maktabda kizimning ishlashiga ruxsat bermadilar. Men dustimga vaziyatni tushuntirdim va uzur suradim. Lekin dustim : Sen xadya beraman deb va’da berding va kizing maktabda ishlamasa xam xadyani berishing kerak ShARIAT buyicha dedi. Xadyani beraymi yoki yukmi ? ALLOX ROZI BULSIN. Oldindan raxmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu “hadiya”ni qizingiz ishga kirishi masalasi bo‘lmasa ham berib yurgan bo‘lsangiz, bering. Ammo ishga kirishi yuzasidan bo‘lsa, pora bo‘ladi.
2 May 2022, 11:03 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom