Doktorga pul berish

Assalomu alaykum! Man hali insonlar davosini topa olmagan engil kasallikka chalinganman va doyimiy bir kasalxonaga borib davolanib turishim kerak, menga faqat bir doktor qaraydi va bazida etibori susayib qoladi va o‘sha paytda uydagilar u doktorga pul berishadi odatda 100-200 ming atrofida. Savolim shuki biz bergan pul porami? Va biz pora berayotganimiz uchun gunohkor bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shifokor sizni ko‘rikdan o‘tkazib turish va davolashi uning kasbiy vazifasi bo‘lsa, shu uchun oylik maosh olib turgan bo‘lsa sizlarni pul to‘lashga majbur qilishi pora bo‘ladi. Unga qilayotgan ishi xato ekanini bildirib qo‘yinglar. Shunda ham o‘zini o‘nglamasa uni nazorat qilib turuvchi nozirga shikoyat qilsangiz bo‘ladi. Hech foydasi bo‘lmasa va boshqa biror shifokor sizni davolay olmasa ana o‘shanda zarurat o‘laroq unga pul bersangiz sizga gunoh yo‘q. Vallohu a’lam!

30 Dekabr 2023, 13:29 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar