Dindorlar haqida ijobiy fil’m ishlash rejalashtirilganmi?

AsSalaamu aleykum va rohmatullohi va barokaatuhu, Faziylatli Shayh Hazratlari, Muhtaram Ustoz! Shu kunlarda oynai jahon orqali Islom diyni niqobi ostidagi nobakorlar haqida turli filmlar namoyish etilmoqda. Taasufki diyn ta‘limotidan uzoqda bo‘lgan va diynning asl mohiyatini tushunib etmagan kimsalar borligi achchiq bo‘lsada haqiyqat.. Targ‘ibot ishlari olib borilishi dolzarb mas‘alalardan, lekin.. Negadir bizni ogohlantirayotgan film ijodkorlari bu dolzarb mas‘alaga "birtomonlama yondashmayaptimikin" degan haqli savol tug‘iladi. Har bir mavzuni yaxshi va yomon tomonlari bo‘lishi tabiiy, jumladan Diyniy e‘tiqod mas‘alalarini yoritishda ham. Ommaviy ahborot vositalari orqali Diynni faqat ekstrimizm deb tushinadigan darajada yoritilish butun dunyoda avj olib bormoqda. Qadimdan Ahli ilmlarni e‘zozlab kelgan halqimiz ongida razil dindor qiyofasining o‘rnashib qolishi uchun keragidan ortiq urinishlar bo‘lmayaptimikin? Aslida dindorlarni birtomonlama faqat: buzg‘unchi, padarkush, hoin, tajovuzkor, badhulq va hk. dek ta‘riflashdan ko‘ra Dunyo miqyosida tanilayotgan dindorlarni va ularni hayot tarzini holis ochib berish maqsadga muvofiq bo‘lmaydimi? Biz musulmonnig zamonaviy ko‘rinishi, yani ham e‘tiqodda, ham ijtimoiy aloqalarda, siyosiy ilmlarda etuk kishilar talqinini ko‘rishga ehtiyojimiz ko‘proq emasmi? Dindor shahs o‘qituvchi, shifokor, muhandis, quruvchi, sotuvchi bo‘lmaydimi? Ahloqi go‘zal dindorni tasavvur qilish vaqti etmadimi? Fikri ojizimcha shundagina oddiy halq taqqoslashi mumkin bo‘lgan asosiy holat vujudga keladi. Shundagina ko‘ringan dindorni holis niyat bilan qarshi olinadi, inshaAlloh! Bunda esa asli diynni sof va bid‘atlardan holi o‘rgangan Ahli ilmlar hujjatli ravishda, yurtimizdagi holatdan kelib chiqib, halqimizga manfaatli ijod namunalarini ko‘rsatishganda ayni muddao bo‘lar edi.. Muhtaram Ustoz, bermoqchi bo‘lgan savolim islom.uz portali ijodkorlari ham diynimiz fidoyilari va dindor jamoat arboblari haqida film yaratishlari haqida rejalar bormi? Diynimiz yo‘lida Fidokorona hizmat qilayotgan Siz Aziz Ustozimiz va sayt mutasaddilariga Xoyrli Duolar ila.. AsSalaamu aleykum!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Salomat bo‘ling! Tashakkur! Harakat qilamiz.

4 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 155 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar