Chet elda sadaqa

Assalomu alaykum! Ba’zida ko‘chalarda spirtli ichimliklar ichib ko‘chalarda yotgan odamlarni ko‘ramiz. Unday odamlar ko‘chadan o‘tganlardan pul so‘rab ham o‘tirishadi. Odamlar esa achinganidan tashqi ko‘rinishini ko‘rib ularga pul berishadi. Lekin ular pul olishgandan so‘ng ba’zilari qornini to‘ydirishadi, ba’zilari esa aroq yoki pivo ichish uchun barlarga borishadi. Bunday odamlarga sadaqa berish joyizmi? Ular aroq ichishsa odamlar bergan pul sadaqa o‘rnida o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu gunohga yordam berish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar